Jahon

Avstriya josuslik gumoni bilan uch nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Moskva bu qarorga nisbatan qat’iy javob qaytarishini bildirdi.

Avstriya josuslik gumoni bilan uch nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Avstriya hukumati diplomatik binolar tomlarida joylashgan va josuslik maqsadida ishlatilishi ehtimoli bo‘lgan “antenna o‘rmoni” sababli uch nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Venada Rossiya davlatiga tegishli binolar, ayniqsa diplomatik xodimlar yashaydigan turar joy majmualarida o‘rnatilgan ko‘plab sputnik antennalari Avstriyaning asosiy ichki razvedka xizmati e’tiborini uzoq vaqtdan beri tortib kelgan. Mutasaddilar ushbu uskunalar boshqa davlatlarning sputnik aloqalarini kuzatish va tinglash uchun ishlatilishi mumkinligini istisno etmagan.

 

“Diplomatik immunitetdan josuslik qilish maqsadida foydalanish mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi tashqi ishlar vaziri Bit Maynl-Rayzinger bayonotida.

 

Uning ta’kidlashicha, mazkur uch diplomat allaqachon mamlakatni tark etgan.

 

Shu bilan 2020-yildan buyon Avstriya tomonidan mamlakatdan chiqarilgan rossiyalik diplomatlar soni 14 nafarga yetdi.

 

Avstriya davlat teleradiokompaniyasi ushbu uch shaxsni elchixona xodimlari sifatida ta’riflagan. Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlagan, ammo batafsil ma’lumot bermagan.

 

Venadagi Rossiya elchixonasi bu borada izoh berish so‘roviga darhol javob bermadi. Biroq Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi elchixonaga tayanib, Moskva bu qarorga nisbatan qat’iy javob qaytarishini ma’lum qildi.

 

Matbuot anjumanida ushbu uskunalar nima uchun xavf tug‘dirishi haqida so‘ralganda, Davlat xavfsizligi va razvedka boshqarmasi rahbari Silviya Mayer ularning hajmi va xususiyati bilan bog‘liqligini aytgan, ammo diplomatlarni chiqarish vaqti haqida izoh bermagan.

 

Vena xalqaro diplomatik markaz hisoblanib, u yerda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli muassasalar, jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi joylashgan.

 

Rossiya va AQSH kabi yirik davlatlar odatda Avstriya, YEXHT va BMT tashkilotlari uchun alohida elchilar tayinlaydi va har biri o‘z diplomatik missiyasini boshqaradi.

 

Ikkinchi jahon urushidan keyin ittifoqchi davlatlar sektorlariga bo‘lingan Vena elchixonalar va xalqaro tashkilotlar ko‘pligi sabab uzoq vaqtdan buyon “josuslar shahri” sifatida ham tanilgan.

 

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.