Jahon

Eron BAAga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Hujumlar oqibatida Fujayradagi neft obyektida yong‘in yuz berdi, uch kishi jarohatlandi.

Eron BAAga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Birlashgan Arab Amirliklari Eronni mamlakat hududiga raketa va dronlar orqali hujum uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, zarbalar oqibatida Fujayra amirligidagi neft sanoati hududida yong‘in kelib chiqqan, uch nafar Hindiston fuqarosi jarohat olgan.

 

BAA Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida Eron tomonidan uchirilgan 12 ta ballistik raketa, 3 ta qanotli raketa va 4 ta dronni tutib qolgan. Ayrim zarbalar natijasida Fujayra Neft sanoati zonasi hududida “katta yong‘in” yuzaga kelgan.

 

Mazkur hujumlar Eron va AQSh o‘rtasida 8-aprel kuni erishilgan sulhdan buyon BAAga qilingan ilk zarba sifatida baholanmoqda. Hodisa AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan tankerlarni kuzatib o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan fonida sodir bo‘ldi.

 

BAA Tashqi ishlar vazirligi hujumlarni “fuqarolik obyektlariga qaratilgan, asossiz va terrorchilik harakati” sifatida keskin qoralab, mamlakat o‘z xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish uchun “qonuniy javob berish huquqini” saqlab qolishini bildirdi.

 

Tehron esa ayblovlarni rad etmoqda. Davlat teleradiokompaniyasi IRIB harbiy manbaga tayanib, Eronning neft obyektlariga zarba berish bo‘yicha oldindan rejalashtirilgan dasturi bo‘lmaganini ma’lum qilgan. 

 

Hujumlar fonida Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat ham keskinlashdi. BAA rasmiylari Eron Abu-Dabi milliy neft kompaniyasiga qarashli tankerga dronlar orqali zarba berganini bildirgan. Abu Dabi Milliy neft kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisada jabrlanganlar yo‘q, kema yuklanmagan bo‘lgan.

 

Xalqaro hamjamiyat voqeani keskin qoraladi. Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt va Bahrayn BAAni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronni keskinlikni oshirmaslikka chaqirdi. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula von der Lyayen zarbalarni “xalqaro huquq va suverenitetning ochiq buzilishi” deb baholadi.

 

Mutaxassislar fikricha, bu voqealar AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bir paytda mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.