Jahon

Xitoyda pirotexnika zavodidagi portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Xitoy raisi Si Jinpin bedarak yo‘qolganlarni topish, jarohatlanganlarni qutqarish va hodisa aybdorlarini jazolash haqida topshiriq berdi.

Xitoyda pirotexnika zavodidagi portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Hunan provinsiyasi, Liuyang shahridagi pirotexnika zavodida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 61 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa dushanba kuni Huasheng Fireworks zavodida sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng qutqaruv xizmatlari zavod atrofidagi 3 kilometr radiusda joylashgan hududdan aholini zudlik bilan evakuatsiya qilgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlariga qariyb 500 nafar xodim jalb etilgan bo‘lib, binoda qolib ketganlarni aniqlash uchun robot texnologiyalaridan ham foydalanilgan. Rasmiylarga ko‘ra, zavod hududidagi ikki porox ombori qutqaruv jarayonida yuqori xavf manbai bo‘lib qolmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar portlash sabablarini o‘rganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, pirotexnika korxonasi rahbariga nisbatan “nazorat choralari” qo‘llangan. Portlash kuchi yaqin atrofdagi turar joylarga ham zarar yetkazgan.

 

“Uylarimizdagi oynalar chilparchin bo‘ldi, alyuminiy romlar egildi, hatto zanglamas po‘lat eshiklar ham bukilib ketdi”, — degan fuqaro.

 

Xitoy raisi Si Jinpin hodisa yuzasidan barcha kuch va vositalarni safarbar etib, bedarak yo‘qolganlarni qidirish hamda jarohatlanganlarni qutqarish bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, u voqea sabablarini chuqur o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlagan.

 

Mahalliy aholining aytishicha, portlash oqibatida yo‘llarga tosh va chiqindilar sochilib ketgan, ayrim fuqarolar xavfsizlik nuqtayi nazaridan hududni tark etgan.

 

Liuyang shahri pirotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik markazlardan biri hisoblanadi. Xitoyda bu kabi korxonalarda yuz beradigan portlashlar tez-tez uchrab turadi va ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. Joriy yil fevral oyida Hubey provinsiyasidagi pirotexnika do‘konida sodir bo‘lgan portlashda 12 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"