Jahon

AQSh 48 soat ichida Eronning kelishuv bo‘yicha javobini kutmoqda

Muzokaralar harbiy harakatlar boshlanganidan beri eng yaqin bosqichga yetdi.

AQSh 48 soat ichida Eronning kelishuv bo‘yicha javobini kutmoqda

 

Axios xabariga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan muhim kelishuvga erishish ehtimoli ortib bormoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, tomonlar bir sahifali o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga yaqin. Mazkur hujjat urushni to‘xtatish va keyinchalik kengroq yadroviy muzokaralar uchun asos yaratishi kutilmoqda.

 

AQSh rasmiylari Eron tomonidan asosiy masalalar yuzasidan yaqin 48 soat ichida javob kutmoqda. Ta’kidlanishicha, hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, tomonlar harbiy harakatlar boshlanganidan buyon eng yaqin nuqtaga kelgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, memorandum 14 ta asosiy bandni o‘z ichiga oladi. Ular orasida:

  • mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish;
  • Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha 30 kunlik muzokaralarni boshlash;
  • Eron tomonidan uranni boyitishni vaqtincha to‘xtatish;
  • yuqori darajada boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqish;
  • yadroviy qurol ishlab chiqishdan voz kechish;
  • AQSh tomonidan sanksiyalarni yumshatish va muzlatilgan mablag‘larni ozod qilish;
  • xalqaro, jumladan BMT tekshiruvlariga ruxsat berish kabi masalalar mavjud.

 

Shuningdek, manbalarga ko‘ra, Donald Tramp tomonidan “Ozodlik loyihasi” doirasidagi operatsiyani vaqtincha to‘xtatish qarori ham muzokaralardagi ijobiy siljishlar bilan bog‘liq.

 

Muzokaralarda AQShning maxsus vakili Stiven Vitkoff hamda Jared Kushner ishtirok etayotgani, jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vositachilar orqali olib borilayotgani qayd etilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.