O'zbekiston

Farg‘onada 16 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

Ular tadbirkorlarning kredit ajratish bilan bog‘liq murojaatlariga belgilangan tartibda xulosa bermagan.

Farg‘onada 16 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlarning kredit olish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 16 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman tomonidan ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, online-mahalla.uz platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili davomida viloyatda 34 ta holatda hokim yordamchilari tadbirkorlarning kredit ajratish bo‘yicha arizalariga belgilangan tartibda xulosa bermagani aniqlangan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, hokim yordamchisi ariza asosida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazishi, natijalar bo‘yicha fotohisobot tayyorlashi hamda 5 ish kuni ichida kredit ajratish yoki rad etish yuzasidan xulosani yagona elektron platformaga joylashtirishi lozim.

 

Tahlillar yakuniga ko‘ra, ushbu talablarni bajarmagan 16 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, tadbirkorlarga kredit olish bo‘yicha zarur xulosalar berilishi ta’minlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"