O'zbekiston

“14 nafar bola jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi”

Navoiy viloyatida bog‘cha bolalari bilan sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

“14 nafar bola jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi”

Navoiy viloyatida bog‘cha bolalari bilan YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan viloyat YHXB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 5-may kuni soat 09:05 atrofida Navoiy viloyati Nurota tumani “Yangi hayot” MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 85V-043 avtomobil yo‘lining 8–9-kilometrlar oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi  va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.

 

Hodisa oqibatida haydovchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

 

Surishtiruvlar davomida haydovchi G.Q. oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritgani aniqlangan. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning yengil avtomobilda belgilangan qoidalarga zid tarzda tashilgani qayd etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"