Jahon

Ispaniya xavfli virus tarqalgan kruiz kemasining Kanar orollariga kirishiga ruxsat berdi

Atlanatika okeanidagi kruiz kemasida hantavirus sabab 3 kishi halok bo‘lgandi.

Ispaniya xavfli virus tarqalgan kruiz kemasining Kanar orollariga kirishiga ruxsat berdi

Ispaniya hukumati G‘arbiy Afrikadagi Kapa Verde yaqinida to‘xtab turgan va bortida hantavirus tarqalgan MV Hondius kruiz kemasining Kanar orollariga yo‘l olishiga ruxsat berdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan Kapa Verde  147 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini qabul qilish imkoniga ega emas. Shu sababli zarur tibbiy infratuzilmaga ega eng yaqin hudud sifatida Kanar orollari tanlangan.

 

Avval xabar berilganidek, aprel oyida kema bortida yuzaga kelgan kasallik oqibatida Niderlandiyalik er-xotin va Germaniya fuqarosi vafot etgan. Yana ikki ekipaj a’zosi og‘ir ahvolda bo‘lib, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj. Evakuatsiya qilingan Buyuk Britaniya fuqarosi esa Janubiy Afrikada jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

 

Kema operatori — Oceanwide Expeditions ma’lumotiga ko‘ra, yana bir yo‘lovchida kasallik alomatlari yengil kechmoqda.

 

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi evakuatsiya qilinishi zarur bo‘lgan bemorlar kemadan tushirilgach, kema Kanar orollariga yo‘l olishini bildirdi. Safar taxminan uch kun davom etadi va kema Gran-Kanariya yoki Tenerife portiga kirishi kutilmoqda.

 

Kanar orollariga yetib kelgach, barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur davolash ishlari olib boriladi hamda ular o‘z mamlakatlariga qaytariladi. Jarayon Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi va JSST bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel kuni Argentinaning Ushuaia shahridan yo‘lga chiqqan kemada 23 mamlakatdan 88 yo‘lovchi va 59 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

 

Mutaxassislar ehtimoliy yuqish manbai sifatida kemadan oldingi safar yoki orollarda amalga oshirilgan tabiat kuzatuv sayohatlarini ko‘rsatmoqda.

 

JSST vakili Maria Van Kerkhovening ta’kidlashicha, kamdan-kam hollarda yaqin aloqadagi shaxslar o‘rtasida virus yuqishi ehtimoli mavjud. Shu bilan birga, tashkilot keng jamoatchilik uchun xavf darajasi past ekanini bildirgan.

 

Hantavirus odatda kemiruvchilar orqali yuqadi va uning inkubatsiya davri 1 haftadan 6 haftagacha davom etadi. Mutaxassislar qayd etishicha, dastlabki bemorlar virusni kema bortidan tashqarida yuqtirgan bo‘lishi mumkin.

 

Rasmiylar barcha sanitariya va xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilinishini, bemorlar alohida sharoitlarda davolanishini va mahalliy aholi bilan bevosita aloqa cheklanishini ma’lum qilgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"