Jahon

Jahon neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

Aprel oyida neft zaxiralari sutkasiga 6,6 mln barrelga qisqargan.

Jahon neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

Jahon neft zaxiralari Eron atrofidagi mojarolar ta’sirida keskin qisqarib, rekord darajaga yetdi. Bu haqda S&P Global Energy tahlilchilariga tayanib DW ma’lum qildi.

 

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, aprel oyida neft zaxiralari sutkasiga 6,6 mln barrelga, umumiy hisobda esa oy davomida 200 mln barrelga kamaygan. Bu holat talab pasayganiga qaramay kuzatilgan. Qayd etilishicha, shu davrda neftga bo‘lgan talab ham sutkasiga 5 mln barrelga tushib ketgan bo‘lib, bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng katta pasayish hisoblanadi. Bundan oldin bunday keskin pasayish faqat COVID-19 pandemiyasi davrida kuzatilgan.

 

Goldman Sachs ekspertlari ma’lum qilishicha, jahon neft zaxiralari so‘nggi sakkiz yildagi eng past darajaga yaqinlashmoqda. Shuningdek, Arg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Yevropada aviatsiya yonilg‘isi zaxiralari aprel oyida so‘nggi olti yillik minimumga tushgan.

 

Financial Times yozishicha, AQSHda benzin zaxiralari ta’til mavsumi davrida tarixiy past darajaga yetishi mumkin.

 

Tahlilchilar ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi urush va Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi blokada tufayli neft bozoriga allaqachon 1 mlrd barrelga yaqin neft yetkazib berilmay qolgan. Mutaxassislar fikricha, neft bozorida vaziyat juda tez yomonlashyapti va yaqin bir necha hafta ichida jiddiy, xavfli bosqichga yetishi mumkin.

 

S&P Global Energy vakili Jim Burkxard so‘zlariga ko‘ra, bozor hali zaxiralarning rekord sur’atlarda qisqarayotganiga to‘liq javob bermagan, shuning uchun neft narxlarining o‘sishi hali oldinda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"