Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Jurichni qabul qildi

Uchrashuvda 2025-yilgi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi.

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Jurichni qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni O'zbekistonga tashrif bilan kelgan Marko Jurichni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Aleksandr Vuchichning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, 2025-yil oktabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar hukumatlar, parlamentlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqot faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Iqtisodiy hamkorlik doirasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, IT, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, joriy yilda Belgrad shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.