Jahon

Suriyada o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi — Reuters

2025-yilda mamlakatda taxminan 1500 nafar o‘zbekistonlik jangari borligi, ularning ayrimlari oilalari bilan birga yashayotgani ma’lum bo‘lgan.

Suriyada o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi — Reuters

Suriya xavfsizlik kuchlari mamlakat shimoli-g‘arbida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida o‘zbekistonlik jangarilarni hibsga oldi. Bu haqda ikki nafar Suriya xavfsizlik xodimi Reuters agentligiga ma’lum qildi.

 

Manbalarga ko‘ra, voqea Idlib viloyatida yuzaga kelgan keskinlik ortidan sodir bo‘lgan. Avvalroq hukumat kuchlari Idlib shahrida otishma sodir etganlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik jangarini qo‘lga olishga uringan. Ushbu urinish qurollangan jangarilar tomonidan norozilik namoyishlariga sabab bo‘lib, ular hibsga olingan shaxsni ozod qilishni talab qilgan.

 

Keyinchalik vaziyat keskinlashib, Idlibning Kafriya va al-Fua tumanlarida xavfsizlik reydlari o‘tkazilgan. Operatsiya davomida namoyishlarda ishtirok etgan va xavfsizlik kuchlari tomonidan “nishonga olingan” o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olingan. Hududda harbiy kuchlar va texnika joylashtirilgani, ayrim joylarda otishma ovozlari eshitilgani qayd etilgan. Suriya Ichki ishlar vazirligi Reuters so‘roviga darhol izoh bermagan.

 

Hozircha qancha o‘zbekistonlik jangari hibsga olingani aniq emas.

 

Reuters’ga ko‘ra, Suriya xavfsizlik manbasi o‘tgan yili mamlakatda taxminan 1500 nafar o‘zbekistonlik jangari bo‘lgani, ularning ayrimlari oilalari bilan birga yashayotganini bildirgan.

 

Mazkur hodisa Suriya hukumati va xorijiy jangarilar o‘rtasidagi so‘nggi oylardagi ikkinchi yirik to‘qnashuv sifatida baholanmoqda. Avvalroq Idlib yaqinida fransuz jihodchisi Omar Diabi (Omar Omsen) bilan bog‘liq lager atrofida ham keskinlik yuzaga kelgan.

 

Suriya hukumati so‘nggi yillarda xorijiy jangarilar maqomini tartibga solish va ularning bir qismini yangi tuzilayotgan davlat armiyasi tarkibiga integratsiya qilishga harakat qilmoqda. Ayrim xorijiy jangarilar allaqachon xavfsizlik tuzilmalarida yuqori lavozimlarga tayinlangan.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ham ilgari Suriya rejasi doirasida minglab xorijiy jangarilarni rasmiy harbiy tuzilmalarga qo‘shish tashabbusini ma’qullagan, bu esa ularni davlat nazoratiga olish strategiyasi sifatida baholangan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"