Jinoyat

Andijonda Davlat aktivlari boshqarmasi bosh mutaxassisi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” muhandisi, Kadastr bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganda qo‘lga olindi.

Andijonda Davlat aktivlari boshqarmasi bosh mutaxassisi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijonda davlat mulki, elektr va yer uchastkasi bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Andijon viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy tadbirkor bilan Izboskan tumanidagi ko‘chmas mulk obyektini asosiy to‘lovlarini to‘lash sharti bilan sotib olish haqida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga tadbirkor rioya qilmagani ro‘kach qilinib, shartnomani bekor qilish, ustama va jarima undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga apellyatsiya shikoyati kiritilgan.

 

 

Bundan xabardor bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sud ajrimini tadbirkor foydasiga hal etish va tuzilgan shartnomani bekor qilmaslik evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

 

Ikkinchi holatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali muhandisi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan tuzilgan 650 mln so‘mlik zarar hisobini 40 mln so‘mga kamaytirish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilingan. U shundan 10 ming AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.

 

Uchinchi holatda esa tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaro uchun yer maydoni ajratib berish evaziga 3 ming AQSh dollari olgani aniqlangan. Shuningdek, u 8 sotix yer ajratilgani haqida soxta hujjat rasmiylashtirgani ma’lum bo‘lgan.

 

 

Keyinchalik o‘tkazilgan tekshiruvlarda mazkur yer maydoni noqonuniy ajratilgani aniqlanib, fuqaroga nisbatan 82 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Mazkur mansabdor shaxs ham 3 ming AQSh dollarini qaytarish jarayonida fosh etilgan.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"