Jinoyat

Buxoroda YPX xodimi piyodani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

Buxoroda YPX xodimi piyodani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Vobkent tumanida YPX xodimi avtomobilda piyodani urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro YHXB rasmiy ma'lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026-yil 27-aprel kuni soat 09:05 atrofida Vobkent tumani, Imom Buxoriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi, 1987-yilda tug‘ilgan Y. Mavlonov o‘ziga tegishli “Cobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2009-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

 

Hodisa oqibatida piyoda yengil tan jarohati olgan. Bildirilishicha, YPX xodimi jabrlanuvchini birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borgan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, xodim hodisa vaqtida xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lgan, hushyor holatda bo‘lgan hamda avtomobil boshqarish uchun barcha tegishli hujjatlarga ega bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

 

Shuningdek, mutasaddilar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa “yopdi-yopdi qilinayotgani” haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz ekanini bildirgan. Yolg‘on xabar tarqatgan fuqaroga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgan.

 

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"