O'zbekiston

O‘zbekistondagi top-blogerlar bir yilda 2,7 mlrd so‘m daromad olib, 110 mln so‘m soliq to‘ladi

Blogerlar faoliyati tahlil qilinib, sohaning eng faol 110 nafar vakili ro‘yxati shakllantirildi. 6 nafar top-bloger faoliyati alohida o‘rganildi.

O‘zbekistondagi top-blogerlar bir yilda 2,7 mlrd so‘m daromad olib, 110 mln so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistondagi 6 nafar top-bloger 2025-yilda 2,7 milliard so‘m daromad olgan va budjetga 110,4 million so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasida blogerlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

 

Qo‘mita tomonidan blogerlar faoliyati tahlil qilinib, sohaning eng faol 110 nafar vakili ro‘yxati shakllantirilgan. O‘rganishlarga ko‘ra, ulardan 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Qolgan 22 nafar bloger esa jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.

 

Soliq qo‘mitasi bu holat blogerlar faoliyatining haqiqiy ko‘lami bilan ularning huquqiy maqomi o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatishini qayd etdi.

 

Shuningdek, 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida o‘rganilgan. Aniqlanishicha, ular 2025-yil davomida 360 ta storis va 184 ta reklama posti joylashtirgan.

 

Elektron hisobvaraq-fakturalar asosidagi rasmiy hisobotlarga ko‘ra, mazkur blogerlarning jami daromadi 2,7 milliard so‘mni tashkil etgan. Budjetga esa 110,4 million so‘m miqdorida soliq to‘langan.

 

Uchrashuv davomida blogerlarga reklama daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha qonunchilik normalari tushuntirilgan. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi, biroq ayrim blogerlar administrator va yordamchilarni jalb qilayotgani ta’kidlangan.

 

Tomonlar sohada soliq majburiyatlarini tushuntirish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish taklifini ham muhokama qilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.