Jahon

Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi

Moskva Ukraina 9 may kunidagi tadbirlariga hujum qilgan taqdirda Kiyevga keng ko‘lamli javob zarbalari berilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalarni Kiyevdagi xodimlarini zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi. Moskva Ukraina 9-may — G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinadigan bo‘lsa, Kiyevga javob zarbalari berilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram’dagi videomurojaatida xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Rossiya Mudofaa vazirligining ogohlantirishiga jiddiy e’tibor berishga undadi. Unga ko‘ra, agar Ukraina G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar yoki Qizil maydondagi harbiy paradni nishonga olsa, Rossiya javob choralarini ko‘radi.

 

Zaxarova Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Kiyevga javob zarbasi berilishi ehtimoli sabab diplomatlar va boshqa vakolatxonalar xodimlarini o‘z vaqtida evakuatsiya qilish zarurligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Rossiya tomoni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Armanistonda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati yig‘ilishida G‘alaba kuni tadbirlarini buzish haqida “tahdidli bayonotlar” berganlikda aybladi.

 

Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya 9 maydagi harbiy parad oldidan havo mudofaa tizimlarini mamlakat hududlaridan Moskva atrofiga ko‘chirayotganini yozdi va bu Ukraina uchun uzoq masofali hujumlar imkoniyatini kengaytirayotganini ta’kidladi.

 

“Bu Rossiya rahbariyati ko‘plab bayonotlarda tilga olingan sulhga tayyorlanmayotganini va Rossiyaning boshqa hududlaridan ko‘ra Moskvadagi parad haqida ko‘proq qayg‘urayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu bizning uzoq masofali zarbalarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Biz bunga mos ustuvor yo‘nalishlarni belgilaymiz”, — dedi Zelenskiy.

 

Ayni paytda tomonlar bir-birini sulhni buzishda ayblamoqda. Ukraina 6 may kuni bir tomonlama sulh e’lon qilgan bo‘lsa, Rossiya ham 9 maydagi G‘alaba kuni tadbirlari munosabati bilan vaqtinchalik sulh taklif qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"