Jahon

Bryussel Moskvani ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda

Ukrainalik bolalarning Rossiyaga majburan ko‘chirilishiga aloqador shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bryussel Moskvani ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda

Yevropa Ittifoqi ukrainalik bolalarning deportatsiya qilinishi yuzasidan yangi sanksiyalar tayyorlamoqda. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Nashrning diplomatik manbalarining bildirishicha, yangi cheklovlarni 12-may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida tasdiqlash rejalashtirilgan. Sanksiyalar ukrainalik bolalarni deportatsiya qilish va majburiy ko‘chirish jarayonlariga aloqador shaxslar hamda tuzilmalarga ta’sir qiladi. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining shunday sanksiyalari 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga qo‘llanilgan.

 

Yevropa Ittifoqining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 20 mingdan ortiq ukrainalik bolani noqonuniy deportatsiya qilgan yoki majburan ko‘chirgan. 

 

Bryussel Moskvani bolalarni ruslashtirishga urinishda, jumladan, ularni majburlab Rossiya fuqaroligiga o‘tkazish, rus oilalariga topshirish, mafkuraviy ta’sir qilish va harbiylashtirishda ayblamoqda.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.