O'zbekiston

O‘zbekistonda 3 oyda 63,6 trln so‘m soliq tushumi qayd etildi

2026-yilning birinchi choragida soliq tushumi 2025-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi.

O‘zbekistonda 3 oyda 63,6 trln so‘m soliq tushumi qayd etildi

Soliq organlari tomonidan 2026-yilning I choragida respublika bo‘yicha budjetga 63,6 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.  

 

Soliq turlari kesimida eng katta tushum foyda solig‘iga to‘g‘ri kelib 20,4 trln so‘mni tashkil qildi. Ushbu turda 2025-yil mos davriga nisbatan 43 foizlik o‘sish qayd etildi.

 

 

QQS bo‘yicha tushum 27 foizga oshib, 12,5 trln so‘m yig‘ildi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 10,7 trln so‘mni tashkil etib, 15 foizga ko‘paydi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 6 trln so‘m bo‘lib, 17 foizga oshdi.

 

Aksiz solig‘i 4,6 trln so‘mni (1%), aylanmadan olinadigan soliq 0,6 trln so‘mni (12%), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 0,4 trln so‘mni (82%) tashkil qildi.

 

Yer solig‘i 2,8 trln so‘mga (34%), mol-mulk solig‘i 2,3 trln so‘mga  (11%) yetdi.

 

Shuningdek, soliqsiz tushumlar, ya’ni dividend to‘lovlari, boj, yig‘im, jarima va boshqa to‘lovlar uchun 3,3 trln so‘m (1%) yig‘ildi.

 

Avvalroq 2026-yilning birinchi choragida mamlakatda faoliyat yuritayotgan 89 ta xorijiy IT va raqamli servis kompaniyasi jami 65,7 milliard so‘m soliq to‘lagani haqida xabar berilgandi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.