Siyosat

Moskvaда Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Prezidentlar savdo hajmini oshirish, hududlararo aloqalarni kengaytirish hamda faol madaniy almashinuvni davom ettirish muhimligini ta'kidladi.

Moskvaда Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

8-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.

 

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini avvalgi oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek, hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.