Jinoyat

Buxoroda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor shaxs fermerga ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishni va’da qilgan.

Buxoroda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlandi

Buxoro viloyatida Kogon tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tamagirlik yo‘li bilan 12 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Xabarga ko‘ra, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer “Qum Sulton” massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli, ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda yordam berishini so‘rab ushbu hokim o‘rinbosariga murojaat qilgan. Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan. 

 

Hozirda tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"