O'zbekiston

Jizzax va Surxondaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Dilmurod Xudayshukurov Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, Oybek Ashurov esa Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi.

Jizzax va Surxondaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida hokimlarning yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. 

 

Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Xudayshukurov Dilmurod Xolmurodovich Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

 

Qayd etilishicha, u mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. 

 

Shuningdek, Oybek Ashurov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. 

 

Oybek Ashurov 1988-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. U 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan bo‘lib, mutaxassisligi huquqshunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Mehnat faoliyati davomida Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli lavozimlarda, jumladan hokim o‘rinbosari sifatida ishlagan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan. Mazkur lavozimga qadar u Surxondaryo viloyati hokimligi ijro apparati rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

 

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"