Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Braziliya TIV rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va tarmoq hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish hamda Hukumatlararo komissiya tuzish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Braziliya TIV rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyrani qabul qildi.



Uchrashuv avvalida mehmon O‘zbekiston rahbariga Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.



Suhbat davomida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.



Oliy darajadagi tizimli siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.



Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika va sanoatning boshqa yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.



Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, seleksiya, turizm, sport va boshqa istiqbolli sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.



Uchrashuv yakunida Hukumatlararo komissiya tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.



Tomonlar xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar hamda bo‘lajak hamkorlik tadbirlari rejasini muhokama qildilar.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.