Jinoyat

Surxondaryoda sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

U 2 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatishni va’da bergan.

Surxondaryoda sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, u jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar sudlanuvchiga nisbatan aniqlangan 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini qayta baholash to‘g‘risida sud ajrimi chiqarish orqali kamaytirib, ularga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatish va dastlabki tergov davrida qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da bergan.  

 

Evaziga sudlanuvchilarning qarindoshidan 53 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

  

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"