Siyosat

O‘zbekistonda “SOCAR” kompaniyasining vakolatxonasi ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari rahbariyati bilan energetika va neft-gaz sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi.

O‘zbekistonda “SOCAR” kompaniyasining vakolatxonasi ochiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni “Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2026” forumida ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurgan SOCAR bosh direktori Ravshan Najaf hamda British Petroleum kompaniyasi rahbariyati vakillari Ariel Flores va Jovanni Kristofolini qabul qildi.



Uchrashuvda energetika va neft-gaz sohasida dunyoning yetakchi kompaniyalari hisoblangan “SOCAR” hamda “British Petroleum” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.



Muloqot davomida energetika sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, “SOCAR” kompaniyasi Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish loyihasida O‘zbekistonning muhim sheriklaridan biri ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lum qilindi.



Mazkur yirik loyihaga “British Petroleum” kompaniyasining qo‘shilgani yuqori baholandi.



Tomonlar uglevodorod xomashyosini qidirish va qazib olish, uni chuqur qayta ishlash, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda tarmoq uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.



Uchrashuv davomida Ravshan Najaf davlatimiz rahbariga 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda yoshlar o‘rtasidagi U-20 jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.