O'zbekiston

Surxondaryoda suv havzalari neftdan tozalanmoqda

Neft oqishi yuzasidan Surxan Gas Chemical Operating Company faoliyatiga huquqiy baho berish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda suv havzalari neftdan tozalanmoqda

Surxondaryo viloyatida neft bilan ifloslangan suv havzalari tozalanmoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh  boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Boysun tumanida 23-aprel kuni daryoga neft aralash suyuqlik oqib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa Surxan Gas Chemical Operating Company MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqda yuz bergani aniqlangan. 2-may kuni kuchli sel sabab xandaq buzilishi oqibatida yana neft aralash suyuqlik sizib chiqdi.

 

O‘rganishlarga ko‘ra, tarkibida neft bo‘lgan aralashma Boysun tumanidagi “Xongaronsoy” hududidan oqim bo‘ylab Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlariga, “Surxon” daryosiga, shuningdek Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Zang” kanali orqali Angor tumanigacha yetib borgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, holat viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Zang” kanalida va unga tutash hududlarda neft mahsulotlarini ushlab qolish uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatilib, suv yuzasidagi neft qatlamini mexanik usulda yig‘ib olish ishlari olib borilmoqda. Ifloslangan suvni ajratish va zararsizlantirish uchun maxsus texnikalar jalb etilgan.

 

Shuningdek, Boysun tumanida neft aralashmasi sizib chiqayotgan hududdagi sel yo‘llari yopilib, oqim lokalizatsiya qilingani bildirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sabab va omillarni o‘rganish hamda mas’ul subyekt, jumladan Surxan Gas Chemical Operating Company faoliyatiga huquqiy baho berish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.