Jinoyat

Toshkentda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

U avvalroq jabrlanuvchidan 450 dollargacha pul olgan.

Toshkentda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilib, pul talab qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, avvaldan tanish bo‘lgan shaxs uzoq vaqt davomida uni tahdid va bosim ostida ushlab kelayotganini bildirgan. 

 

Gumonlanuvchi jabrlanuvchining sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy foto va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, muntazam ravishda pul talab qilgan.

 

Qayd etilishicha, u avvalroq jabrlanuvchidan 100 dollardan 450 dollargacha bo‘lgan mablag‘larni olib kelgan. Shunga qaramasdan, yana pul talab qilishni davom ettirgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Olmazor tumanidagi “Nukus” kinoteatri oldida fuqarodan 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, ushlangan shaxs muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasining ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"