O'zbekiston

Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi

Hodisaga Tracker haydovchisining keskin burilishi sabab bo'lgan.

Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida 2026-yil 14-may kuni soat 08:20 atrofida “Yutong” rusumli avtobus va Tracker rusumli transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, 69-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan “Yutong” avtobusi Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “BRT” maxsus harakat tasmasida harakatlanib kelgan.

 

Avtobus Shota Rustaveli va Yakkasaroy ko‘chalari kesishmasiga yaqinlashgan vaqtda Tracker rusumli avtomobil haydovchisi keskin chapga burilgan. Natijada transport vositalari to‘qnashuvi yuz bergan.

 

YTH oqibatida avtobus yo‘lovchisi, Tracker haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam klinik ilmiy markaziga murojaat qilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada Tracker haydovchisining harakati aybli deb topilgan. 

 

Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Mutasaddilar haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va harakat davomida ehtiyotkorlikni oshirishni so‘ragan.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"