Jinoyat

Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlar ushlandi

Surxondaryoda 6 ta viloyatdan 63 nafar fuqaroni chuv tushirgan shaxslar aniqlandi.

Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik firibgarlik holati fosh etildi

 

Ma’lum qilinishicha, “K.M.” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi X.Sh.(muqaddam sudlangan) va boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirgan holda 6 ta viloyatda yashovchi 63 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan.

 

Ular  Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan jami 408,8 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"