O'zbekiston

Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Tezkor tadbirda jami 5 kg gashish olingan bo‘lib, mazkur moddalar qo‘shni davlatdan olib kirilgan.

Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Farg‘onada qariyb 5 kg gashish aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina Uchko‘prik tumani hududida tekshirilgan.

 

Natijada, uning salonida 4 kg 41 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mazkur fuqaroning uyidan ham 867 gr “gashish” moddasi olindi. 

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositalari uning 1980 yilda tug‘ilgan tog‘asiga tegishli ekanligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda qo‘shni respublikadan olib kelingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.