O'zbekiston

Metroda rekord ko‘rsatkich: 8-may kuni 1 mlndan ortiq yo‘lovchi tashildi

Metro xizmatlaridan eng ko‘p haftaning payshanba va juma kunlari foydalanilmoqda.

Metroda rekord ko‘rsatkich: 8-may kuni 1 mlndan ortiq yo‘lovchi tashildi

2026-yil may oyida Toshkent metropoliteni xizmatlaridan foydalanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 8-may kuni metrodan 986 ming 916 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 7-may kuni bu ko‘rsatkich 1 million 105 ming 883 nafarga yetgan. Natijada yo‘lovchilar oqimi qariyb 12 foizga oshgan.

 

Shuningdek, 2025-yil 15-may kuni metro xizmatidan 953 ming 220 nafar fuqaro foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 14-may kuni ushbu ko‘rsatkich 1 million 44 ming 736 nafarga yetib, 9,6 foizlik o‘sish qayd etilgan.

 

Metropolitenga ko'ra, 2026-yil 8-may kuni bir sutka davomida 1 million 117 ming 61 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib, rekord natija qayd etilgan.

 

Qayd etilishicha, metro xizmatlaridan eng ko‘p haftaning payshanba va juma kunlari foydalanilmoqda.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"