O'zbekiston

Olmaliqda mototsikl voyaga yetmagan piyodani urib ketdi

YTH oqibatida piyodaning oyog‘i juda jiddiy shikastlangani aytilmoqda.

Olmaliqda mototsikl voyaga yetmagan piyodani urib ketdi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-may kuni soat taxminan 23:00 larda A.Temur ko‘chasida yuz bergan. 2003-yilda tug‘ilgan haydovchi S.F. mototsikl boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lni piyodalar uchun belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

 

Oqibatda piyoda turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Tarqalgan videolarda esa uning o‘ng oyog‘i tizzaga yaqin qismi va chap tovon suyagi uzilib ketgani ko‘rinadi. Lekin rasmiy idora bunga aniqlik kiritmagan.

 

 

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

12-may kuni ham aynan shu ko'chada 26 yoshli haydovchi S .D. boshqaruvidagi avtomobil piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar 9 yoshli bolani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida jabrlangan bolalardan biri og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Ikkinchi bola esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.