O'zbekiston

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda suv iste’moli bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda

Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston egallagan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda suv iste’moli bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda

Markaziy Osiyoda suv resurslariga bosim ortib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston yillik 54,56 mlrd kub metr ko‘rsatkich bilan mintaqada eng yuqori umumiy suv iste’moliga ega davlat sifatida qayd etildi. Bu haqda Worldometer tahliliy platformasi e’lon qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida umumiy suv sarfi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi. Mutaxassislar bu holatni asosan qishloq xo‘jaligining keng ko‘lamda rivojlangani va irrigatsiya tizimlarining yuqori darajadagi suv iste’moli bilan izohlamoqda.

 

Reytingda ikkinchi o‘rinda Turkmaniston qayd etilgan bo‘lib, yillik suv iste’moli 27,9 mlrd kub metrni tashkil etadi. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 22,77 mlrd kub metr, Tojikistonda 11,49 mlrd kub metr, Qirg‘izistonda esa qariyb 8 mlrd kub metrga teng.

 

Aholi jon boshiga hisoblanganda esa mintaqada eng yuqori ko‘rsatkich Turkmanistonga to‘g‘ri keladi — bir kishi kuniga o‘rtacha 15 445 litr suv iste’mol qiladi.

 

O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 4 778 litrni tashkil etadi. Tojikistonda 4 460 litr, Qirg‘izistonda 4 153 litr, Qozog‘istonda esa 3 397 litr qayd etilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, ushbu raqamlar mintaqa davlatlari oldida suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda suv iste’moli bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda | Zamon.uz