O'zbekiston

Samarqand–Buxoro yo‘lida haydovchi uxlab qolib, avtomobil ikkita yuk mashinasiga urildi

YTH oqibatida avtomobillarda yong‘in yuzaga keldi.

Samarqand–Buxoro yo‘lida haydovchi uxlab qolib, avtomobil ikkita yuk mashinasiga urildi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida “FAV” va “Sinoturk Howo” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 16-may kuni soat 04:30 atrofida “Boltali” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 118-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “FAV” rusumli avtomobil haydovchisi Samarqand–Navoiy yo‘nalishida harakatlanayotib uxlab qolgan va rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan “Sinoturk Howo” yuk mashinasining chap tomoniga urilgan.

 

Shundan so‘ng transport vositasi harakatni to‘xtata olmay, oldinda to‘xtab turgan yana bir “Sinoturk Howo” yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

 

YTH oqibatida “FAV” hamda yuk avtomobillaridan birida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qisqa muddatda bartaraf etilgan.

 

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar haydovchilardan charchoq alomatlari sezilganda transport boshqarmaslik va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"