Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

 

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda qardosh Qozog‘iston xalqining tinch va farovon hayoti yo‘lidagi davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Muloqot davomida Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistonda o‘tkazilgan norasmiy sammiti hamda undagi muzokaralar yuqori darajada tashkil etilgani va muvaffaqiyatli o‘tkazilgani alohida qayd etildi. Ushbu tadbirlar ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

 

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin istiqbolda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish, investitsiya loyihalarini kengaytirish, energetika, transport, ekologiya hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

 

Bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.