Jahon

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Zelenskiyni korrupsiya tufayli iste'foga chiqishga chaqirdi

Vazir Ukrainadagi vaziyatni “dunyoda tengi yo‘q holat” deb atadi.

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Zelenskiyni korrupsiya tufayli iste'foga chiqishga chaqirdi

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov mamlakatda yuzaga kelgan korrupsiya mojarolari fonida Vladimir Zelenskiyni iste’foga chiqishga chaqirdi. Bu haqda u TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

 

Azarovning ta’kidlashicha, “Mindich kassetalari” deb nom olayotgan materiallar e’lon qilingach, Ukrainadagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashgan. U mamlakatdagi hozirgi holatni “dunyoda tengi yo‘q vaziyat” deb baholagan.

 

Sobiq bosh vazirning fikricha, korrupsiya bilan bog‘liq gumonlar nafaqat alohida amaldorlarga, balki davlat rahbari va uning eng yaqin atrofidagilarga ham taalluqli bo‘lib qolgan.

 

Azarov, shuningdek, Zelenskiy ofisining sobiq rahbari Andrey Yermakning hibsga olinishi masalasiga ham to‘xtalgan. Uning aytishicha, Yermak davlat boshqaruvida muhim rol o‘ynagan, xalqaro tashriflar va asosiy siyosiy qarorlar bilan shug‘ullangan.

 

Avvalroq Ukraina Oliy korrupsiyaga qarshi sudi Andrey Yermakni pul yuvish ishi bo‘yicha 60 kunlik qamoqqa olish haqida qaror chiqargan edi. Sud unga 140 million grivna miqdorida garov evaziga ozodlikka chiqish imkoniyatini ham bergan.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yermak Zelenskiyning yaqin doirasiga kirgan tadbirkor Timur Mindich bilan bog‘liq korrupsiya sxemalarida ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Tergov materiallarida premium toifadagi turar joy majmuasi qurilishi jarayonida 460 million grivna miqdoridagi mablag‘larni legallashtirish holatlari qayd etilgani aytilmoqda.

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash organlari ma’lumotiga ko‘ra, ayblovlar tasdiqlansa, Andrey Yermak 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"