O'zbekiston

Germaniyalik sayyohga tarmashgan lo‘lilar hodisasi Toshkentda bo‘lgani aniqlandi

Samarqandga tegishli kadrlar montaj yordamida qo‘shilgani aniqlanib, Germaniyada bo‘lgan fuqaro bilan bog‘lanib tushuntirish olib borilgan.

Germaniyalik sayyohga tarmashgan lo‘lilar hodisasi Toshkentda bo‘lgani aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir guruh lo'lilarning germaniyalik sayyohga nisbatan nojo‘ya harakatlari aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holatga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti oydinlik kiritdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan voqea Samarqandda emas, balki Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi hududida sodir etilgani aniqlangan. Shuningdek, videodagi Samarqand shahri tarixiy obidalariga oid lavhalar montaj yordamida qo‘shilgani ma'lum qilindi.

 

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu holat 2023-yilda sodir bo‘lgan. Videoda aks etgan voyaga yetmagan qizning shaxsiga aniqlik kiritilib, uning otasi — 1979-yilda tug‘ilgan Z.M. bilan profilaktik-tushuntirish ishlari olib borilgan. Unga farzandini qat’iy nazorat qilish va bunday holatlarning qayta takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ogohlantirish berilgan.

 

Shuningdek, yolg‘on аxborot tarqatib, jamoatchilik fikrini chalg'itishga urinishda gumoin qilingan fuqaro S.Sh.ning shaxsi ham aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, u hozirda Germaniya hududida bo‘lib turibdi. Shu sababli u bilan “WhatsApp” orqali bog‘lanilib, yolg‘on axborot tarqatish va jamoatchilik fikrini chalg‘itishga urinish uchun qonunchilikda javobgarlik mavjudligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.