Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda barqaror urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat direktori bilan uchrashdi

Butunjahon urbanizatsiya forumi doirasida 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Habitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, BMT-Habitat bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish hamda shaharsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

O‘tgan yili Samarqand iqlim forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, sohaga oid loyihalarni ilgari surish hamda ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Butunjahon urbanizatsiya forumida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.