O'zbekiston

Namanganda do‘l xavfini kamaytirish uchun bulutlarga 57 ta snaryad otildi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, do‘lga qarshi ishlar respublikaning bir qator hududlarida tizimli davom etmoqda.

Namanganda do‘l xavfini kamaytirish uchun bulutlarga 57 ta snaryad otildi

 

Namangan viloyatining Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida do‘l yog‘ishi xavfini kamaytirish maqsadida bulutlarga maxsus ta’sir ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

 

Idora xabariga ko‘ra, joriy yil may oyi boshida hududlarda konvektiv bulutlarga ta’sir ko‘rsatilib, do‘l hosil bo‘lish jarayonlarini zaiflashtirish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rilgan. Ushbu ishlar 1, 11 va 12-may kunlari amalga oshirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, jarayon davomida jami 57 dona “Alazan-6” turidagi do‘lga qarshi vositalar qo‘llanilgan.

 

“O‘zgidromet” mutaxassislarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda bahor mavsumida qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchiliklar, jala va do‘l hodisalari ko‘payib bormoqda. Bunga asosiy sabab sifatida global iqlim o‘zgarishlari ko‘rsatilmoqda.

 

Shuningdek, idora ma’lumotiga ko‘ra, yog‘in miqdori keskin oshmagan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida intensiv yog‘ish holatlari sel va suv toshqinlari xavfini kuchaytirmoqda.

 

“O‘zgidromet”ning Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish xizmati Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida do‘lga qarshi ishlarni tizimli ravishda olib bormoqda.

 

Idora qayd etishicha, do‘lga qarshi choralarga qaramasdan, ayrim hollarda qisqa muddatli do‘l hodisalari kuzatilishi mumkin.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.