O'zbekiston

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoga cho'kib ketdi

Denov tumanidan oqib o'tuvchi To'palang daryosidan qizning jasadi topilgan.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoga cho'kib ketdi

 

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizning daryoga oqib ketishi bilan bog‘liq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Sariosiyo tumani “Afrosiyob” mahallasida yashagan, 2012-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan F.M.ning To'palang daryosiga oqib ketgani yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv tayinlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15-may kuni qizning jasadi Denov tumani “Ittifoq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi To'palang daryosidan tan jarohatlarisiz topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida marhumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi va mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani qayd etilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.