O'zbekiston

Toshkent metrosida harakat intervali 2–3 daqiqagacha qisqartiriladi

Metro bekatlari sonini 79 taga, liniyalar uzunligini esa 103 kilometrga kengaytirish rejalashtirilgan.

Toshkent metrosida harakat intervali 2–3 daqiqagacha qisqartiriladi

 

Joriy yil 15-may kuni Prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–191-son qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Hujjatga muvofiq, 2030-yilgacha metropoliten tizimini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsad va vazifalar belgilandi. Unga ko‘ra, kunlik yo‘lovchi tashish hajmini 1,8 million nafarga yetkazish, metro bekatlari sonini 79 taga, liniyalar uzunligini esa 103 kilometrga kengaytirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, metro poyezdlari harakat intervalini 2–3 daqiqagacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

 

2028-yil yakuniga qadar metro bekatlariga kirish joylari hamda o‘tish yo‘laklarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda vening avtomatlari va kichik savdo obyektlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, metro bekatlari atrofida “Park & Ride” tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, avtomobil to‘xtash joylaridan foydalangan yo‘lovchilarga metro chiptalarida chegirmalar berish hamda avtoturargoh to‘lovlarini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Qarorda, shuningdek, metro tunnellari va bekatlarida xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda tadbirkorlarga auksion asosida ijara tartibida faoliyat yuritish imkoniyati yaratish ham nazarda tutilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"