O'zbekiston

Senator Tursinxan Xudaybergenov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Mukofot senatorning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan berildi.

Senator Tursinxan Xudaybergenov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Farmonda qayd etilishicha, u davlat organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi ulkan xizmatlari, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish va aholi muammolarini hal etish borasidagi samarali faoliyati uchun taqdirlangan.

 

Shuningdek, mukofot senatorning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan berilgani ta’kidlangan.

 

Xudaybergenov 2010-yilning martidan 2016-yil dekabrigacha FVVga rahbarlik qilgan. Undan so‘ng prezidentning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa vaqtida aeroportda yana 20 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.