Jahon

G‘azoga yordam olib ketayotgan faollar Isroil askarlarini zo‘ravonlikda va jinsiy tajovuzda aybladi

Ayrim faollarning qovurg‘a va qo‘llari sindirilgan, elektroshoker qo‘llanishi oqibatida ko‘z va quloqlaridan jiddiy jarohatlar olgan.

G‘azoga yordam olib ketayotgan faollar Isroil askarlarini zo‘ravonlikda va jinsiy tajovuzda aybladi

G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishga uringan flotiliya ishtirokchilari Isroil hibsida qiynoqlar, kaltaklash va jinsiy zo‘ravonlikka duch kelganini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, kamida 15 kishi jinsiy tajovuz, jumladan zo‘rlash holatlari haqida xabar bergan.

 

Isroil qamoqxona xizmati esa barcha ayblovlarni rad etdi. Reuters agentligi mazkur da’volarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni Isroil harbiylari xalqaro suvlarda G‘azoga yordam olib kirishga urinayotgan 50 ta kemadagi 430 kishini qo‘lga olgan.

 

"Global Sumud Flotilla" tashkilotchilari Telegram’dagi bayonotida ayrim faollar yaqin masofadan rezina o‘qlar bilan otilgani, o‘nlab odamlarning suyaklari singani va jinsiy tajovuzga uchraganini bildirgan.

 

“Kamida 15 ta jinsiy tajovuz, jumladan zo‘rlash holati qayd etildi. Odamlarga yaqin masofadan rezina o‘qlar bilan o‘q uzilgan. O‘nlab kishilarning suyaklari singan”, — deyiladi bayonotda.

 

Tashkilotchilar bu holatlar falastinlik mahbuslarga nisbatan har kuni qo‘llanayotgan zo‘ravonliklarning bir qismi ekanini ham ta’kidlagan.

 

Isroil qamoqxona xizmati vakili esa ayblovlarni “yolg‘on va mutlaqo asossiz” deb atadi.

 

“Barcha mahbuslar qonun asosida, ularning asosiy huquqlari ta’minlangan holda saqlanadu. Ularga tibbiy yordam professional xulosa va Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatmalariga muvofiq ko‘rsatiladi”, — deyiladi Isroil tomoni bayonotida.

 

Italiyalik iqtisodchi Luka Podji Reuters’ga bergan intervyusida flotiliya ishtirokchilari yechintirilgani, yerga uloqtirilgani va kaltaklanganini aytdi.

 

“Ko‘pchiligimizga elektroshoker ishlatildi, ayrimlar jinsiy tajovuzga uchradi, ayrimlarga esa advokat bilan uchrashishga ruxsat berilmadi”, — dedi u.

 

Italiyalik faol Ilaria Mankosuning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ikkita “qamoqxona kemasi”ga olib chiqilgan. Ulardan birida saqlangan faollarga nisbatan yanada kuchli zo‘ravonlik ishlatilgan.

 

Uning aytishicha, odamlar konteynerlarga qamab qo‘yilgan va besh nafar askar tomonidan kaltaklangan. Ayrimlarda qovurg‘a va qo‘l sinishlari kuzatilgan, elektroshoker qo‘llanishi oqibatida ko‘z va quloqdan jiddiy jarohatlar olingan.

 

Faollar ikki kun davomida sanitariya talablariga javob bermaydigan kemalarda saqlanganini bildirgan. Ular kiyimlarining katta qismidan mahrum etilgan va tunlari sovuqdan himoyalanish uchun karton hamda plastiklardan foydalanishga majbur bo‘lgan.

 

Mankosuning aytishicha, quruqlikka olib chiqilgach, ular bir necha soat tiz cho‘ktirib qo‘yilgan, gapirgan yoki harakatlanganlarga tepish va turtish ishlatilgan. Keyinchalik esa uxlatmaslik maqsadida muntazam ravishda bir xonadan boshqasiga ko‘chirib turilgan.

 

Italiya prokuraturasi odam o‘g‘irlash, qiynoq va jinsiy tajovuz ehtimoli yuzasidan tergov boshlagan. Yaqin kunlarda Italiyaga qaytgan faollarning ko‘rsatmalari olinadi.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ayrim nemis fuqarolari jarohatlanganini tasdiqlab, ularga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish “mutlaq ustuvor vazifa” ekanini ma’lum qildi. Vazirlik ayrim ayblovlarni “jiddiy” deb atagan.

 

Fransiyalik faollarni qaytarish bilan shug‘ullangan Sabrina Sharik Reuters’ga besh nafar Fransiya fuqarosi Turkiyada shifoxonaga yotqizilganini aytdi. Ayrimlarda qovurg‘a va umurtqa sinishlari aniqlangan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim faollar zo‘rlashni ham o‘z ichiga olgan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha batafsil ko‘rsatma bergan.

 

Reuters tomonidan tasdiqlangan Instagram postida fransiyalik Adrien Jouen tanasidagi ko‘karishlarni namoyish qilgan.

 

Faollar zo‘ravonliklarning bir qismi Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan kemalar to‘xtatilgan paytda dengizda, qolgan qismi esa Isroildagi hibs va qamoq davomida sodir bo‘lganini aytmoqda.

 

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jose Manuel Albares 44 nafar ispaniyalik flotiliya ishtirokchisi Istanbul orqali Madrid va Barselonaga qaytishini ma’lum qildi. Ularning to‘rt nafari jarohatlar sabab tibbiy yordam olgan.

 

Voqea ortidan G‘arb davlatlari Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning qamoqxonada yerga bosib yotqizilgan faollarni masxara qilgani aks etgan videoga nisbatan keskin norozilik bildirgan.

 

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani Yevropa Ittifoqi davlatlari Ben-Gvirga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qildi.

 

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas esa o‘tgan yili Ben-Gvir va yana bir isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qilgan, biroq tashabbus YIga a’zo barcha 27 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan edi.

 

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Global Sumud Flotilla” flotiliyasiga qarshi Isroil harakatlarini keskin qoralab, xalqaro hamjamiyatni Isroilning harakatlariga qarshi chora ko‘rishga chaqirgandi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.