Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

BAAning ilg‘or boshqaruv tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” izchil amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida vazir davlat rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, mamlakat Bosh vaziri, Vitse-prezidenti va Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi do‘stlik hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik izchil mustahkamlanayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar. Xususan, davlat xizmati mexanizmlarini takomillashtirishning 10 ta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, BAAning byurokratiyani qisqartirish borasidagi ilg‘or tajribasi asosida maxsus loyiha ofisi ishga tushirilgani qayd etildi. “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” ta’lim dasturi doirasida erishilgan natijalar ham yuqori baholandi.

 

Uchrashuv davomida “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” loyihasi doirasidagi tashabbuslarni kengaytirish, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari vakillarini ham jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, umummilliy kitobxonlik harakatini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma taraqqiyot forumlarini tashkil etish hamda O‘zbekiston rivojiga xizmat qiluvchi strategik va konseptual hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.