O'zbekiston

Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 95 mingdan ortiq dori vositasi topildi

Qiymati 1,3 milliard so‘m bo'lgan noqonuniy dori vositalari Qozog‘istondan olib kirilgan.

Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 95 mingdan ortiq dori vositasi topildi

 

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xorijdan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan katta miqdordagi dori vositalari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istondan Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “S. Najimov” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi mazkur transport vositasi tekshirilganda, oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 52 turdagi jami 95 ming 369 dona tibbiy buyum va dori vositalari borligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, noqonuniy yuklarni qabul qilib olayotgan vaqtida Toshkent tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Tegishli baholash xulosalariga ko‘ra, musodara qilingan tibbiy vositalarning umumiy qiymati 1 milliard 323 million so‘mni tashkil etadi.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.