O'zbekiston

Toshkentda YTH oqibatida 26 yoshli yigit halok bo‘ldi

Nexia-3 katta tezlikda kelib beton ustunga urilgan. Yo'lovchi vafot etgan, haydovchiga esa birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Toshkentda YTH oqibatida 26 yoshli yigit halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.

 

 Ma’lum qilinishicha, hodisa 22-may kuni soat 13:00 lar atrofida Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasidagi 60-uy qarshisida yuz bergan.

 

2001-yilda tug‘ilgan O.B. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomobil katta tezlikda harakatlanayotib, haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan.

 

YTH oqibatida avtomobil yo‘lovchisi — 2000-yilda tug‘ilgan I.X. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Toshkent shahar IIBB YHXB barcha haydovchi va yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi hamda marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

custom img

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida Prezident murojaati o‘qib eshittirildi

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Prezident murojaatida ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik va xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilganini qayd etdi.

custom img

Farg‘onada shag‘al uyumiga yashirilgan qariyb 6 kg gashish aniqlandi

Muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol yana noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangani aniqlandi.

custom img

Damashqda Makron joylashgan mehmonxona yaqinida portlashlar yuz berdi

Suriya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 18 kishi jarohat olgan.

custom img

O‘zbek lotin alifbosi o‘zgaradi: “sh”, “ch” va “ng” harf birikmalari bekor qilinadi

Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qaziyotgan 3 fuqaro tuproq ostida qolib ketdi

Hodisa Xatirchi tumanidagi tog‘ hududida noqonuniy qazilgan chuqurlikda sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkentda qizning behayo suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi

Instagram orqali tanishgan yigit jiddiy munosabat va’dasi bilan qizdan shaxsiy foto va videolarini olgan.

custom img

Surxondaryoda ikki ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchilar uchun aviachiptalar xarid qilib, buning evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilgan.

custom img

Toshkentda ikki fuqaro qurol va o‘q-dorilarni o‘z ixtiyori bilan topshirdi

Fuqarolar marhum otasi va turmush o‘rtog‘idan qolgan qurol-yarog‘larni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"