Jahon

Yevropada noaniqlik kuchaydi: AQSh Polshaga 5 ming nafar askar yubormoqda

NATO bosh kotibi mazkur qarorni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa davlatlari AQSHga qaramlikni kamaytirishi zarurligini ta’kidladi.

Yevropada noaniqlik kuchaydi: AQSh Polshaga 5 ming nafar askar yubormoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Polshaga qo‘shimcha 5 ming nafar amerikalik harbiy yuborilishini e’lon qildi. Bu qaror Vashingtonning NATO va Yevropadagi harbiy siyosati borasidagi noaniqliklarni yanada kuchaytirdi, deya yozmoqda Al Jazeera.

 

Qayd etilishicha, Tramp bu haqda payshanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilib, qaror Polsha prezidenti Karol Nawrocki bilan yaqin munosabatlari va uning saylovdagi g‘alabasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

 

“Prezident etib saylangan Karol Navroskiyni qo‘llab-quvvatlaganim va u bilan yaxshi munosabatlarimiz asosida AQSH Polshaga qo‘shimcha 5 ming askar yuboradi”, — deb yozdi Donald Tramp.

 

Polsha prezidenti ham ushbu qarorni olqishlab, ittifoqlar hamkorlik va umumiy xavfsizlik asosida qurilishi kerakligini qayd etdi. Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy esa bu qaror mamlakatdagi AQSH harbiylari sonini avvalgi darajada saqlab qolishga xizmat qilishini bildirdi.

 

Mazkur bayonot Pentagon bir hafta avval Polshaga yuborilishi rejalashtirilgan 4 ming amerikalik askar joylashtirilishi bekor qilinganini ma’lum qilganidan so‘ng yangradi. Bundan tashqari, shu oy boshida Donald Tramp Germaniyadan 5 ming askarni olib chiqishini ham aytgandi.

 

Tramp uzoq yillardan buyon NATOdagi Yevropa davlatlarini mudofaa xarajatlarini yetarli darajada oshirmayotganlikda tanqid qilib keladi. So‘nggi haftalarda esa AQSH-Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini Yevropa davlatlari qo‘llab-quvvatlamagani uning tanqidlarini yanada keskinlashtirdi.

 

Yevropa davlatlari esa AQSHning o‘zgaruvchan siyosati sabab mudofaa strategiyalarini qay tarzda shakllantirish borasida noaniqliklarga duch kelmoqda. Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Mariya Malmer Stenergard vaziyatni “chalkash” deb atadi.

 

Associated Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH mudofaa tizimidagi ayrim amaldorlar ham yangi qaror nimani anglatishini tushunmayotganini bildirgan.

 

AQSH davlat kotibi Marko Rubio NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ittifoqchilar mudofaa xarajatlarini oshirishi va ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini muhokama qilishini aytdi.

 

NATO bosh kotibi Mark Ryutte esa Polshaga qo‘shimcha qo‘shin yuborilishi haqidagi qarorni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa davlatlari AQSHga qaramlikni kamaytirishi zarurligini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, Pentagon Yevropadagi jangovar brigadalar sonini to‘rttadan uchtaga qisqartirish rejasini ham e’lon qilgan. Hozircha Polshaga yuborilishi aytilgan yangi harbiylar avval bekor qilingan kontingent o‘rnini bosadimi yoki Germaniyadan ko‘chiriladimi — bu noma’lumligicha qolmoqda.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.