O'zbekiston

OAK faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, dissertatsiya himoyasi jarayonlarining 50 foizini raqamlashtirish hamda ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish taklif etildi.

OAK faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish rejalashtirilmoqda

Prezidentga taqdim etilgan taqdimotda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlar muhokama qilindi. Unda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil etish, dissertatsiya himoyasi jarayonlarining yarmini raqamlashtirish hamda ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish taklif etildi.

 

Taqdimotda ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish va ularning faoliyatini reyting asosida baholash tizimini joriy etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, ilmiy daraja berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Ta’kidlanishicha, amaldagi dissertatsiya himoyasi jarayonidagi tartib-taomillarning 50 foizini raqamlashtirish hisobiga qisqartirish mumkin.

 

Takliflarga ko‘ra, ko‘p sonli hujjatlarni chop etish, avtoreferatlarni katta hajmda tayyorlash hamda dissertatsiyalarni takroran muhokama qilish bilan bog‘liq ortiqcha talablar bekor qilinadi. Bu esa izlanuvchilar uchun vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirishga xizmat qilishi aytildi.

 

Taqdimotda ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini joriy etish taklifi ham ko‘rib chiqildi. Unga muvofiq, PhD darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olish imkoniyati yaratiladi.

 

Qayd etilishicha, doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi hamda ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda olib boriladi.

 

Bundan tashqari, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda raqamli texnologiyalar asosida baholash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Taqdimotda akademik halollik va tadqiqot sifati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

 

Xususan, olimlarning ilmiy faoliyatini kuzatishning yagona raqamli tizimini yaratish, ilmiy etika standartlarini takomillashtirish va monitoring mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.