O'zbekiston

Qashqadaryoda cho‘kayotgan bolani qutqargan FVV xodimi "A’lo xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

FVV xodimi  Husniddin Sharapov voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.

Qashqadaryoda cho‘kayotgan bolani qutqargan FVV xodimi "A’lo xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida daryoga cho‘kayotgan 9 yoshli bolani qutqarib qolgan FVV xodimi, mayor Husniddin Sharapov favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda FVV xabar qildi.

 

Hodisa haqida gapirgan Husniddin Sharapovning aytishicha, u ishdan kelib uyiga kirgan vaqtda katta o‘g‘li daryoda bola cho‘kayotganini aytgan.

 

«Katta o‘g‘lim yugurib kelib, “Dada, choping, daryoga bola cho‘kib ketyapti”, dedi. Shu zahoti yugurib ketdim. Yo‘ldan biror narsa sindirib oldim, tortib olaman deb», — dedi u.

 

"Har bir erkak ham mening o‘rnimda bo‘lsa, shu ishni qilardi. Kelajagi nima bo‘lishidan qat’i nazar… Shu yugurib keldim”, — deydi FVV xodimi.

 

Sharapovning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelganida ikki nafar bola “ukam cho‘kib ketdi” deb baqirayotgan bo‘lgan. U avval velosipedni suvga tashlab, bolani ushlab qolishga uringan. Biroq bola qattiq qo‘rqib qolgani sababli uni tutib olish imkoni bo‘lmagan.

 

Shundan keyin FVV xodimi o‘zi suvga tushib, bolani tortib chiqqan. Qayd etilishicha, bola vahima sabab qutqaruvchini suvga bosgan. Shu vaqtda Sharapovning akasi va qo‘shnisi yordamga kelgan.

 

"Avval bolani chiqarib yubordim. Keyin qishloq ahlini ogohlantirish maqsadida “bolalaringizga qaranglar” degan ma’noda video murojaat ham qildim. Bolaning kimligini bilmasdim. Keyin surishtirib, shu qishloqdan ekanini bildim. Uni uyiga olib borib, issiq suv ichirdik, yuvintirdik va adyolga o‘rab, ota-onasiga topshirdik", — dedi u.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.