Jahon

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Avvalroq ushbu internet xizmati Qozog‘iston va Tojikistonda yo‘lga qo‘yilgandi.

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

 

Qirg‘izistonda Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati rasman ishga tushdi. 23-maydan boshlab mamlakat SpaceX kompaniyasining rasmiy xizmat xaritasida “Mavjud” hudud sifatida belgilangan. Bu haqda Kaktus.media nashri xabar berdi.



Endilikda foydalanuvchilar Starlink’ning rasmiy platformasi orqali o‘z hududlarida xizmat mavjudligini tekshirishi hamda internet xizmatiga ulanish uchun ariza topshirishi mumkin. Shuningdek, tizim orqali mavjud tarif rejalari va texnik imkoniyatlar haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.



Qirg‘iziston hukumati avvalroq Starlink loyihasini ishga tushirish jarayoni yakuniy bosqichga yetganini ma’lum qilgan edi. Vazirlar Mahkamasi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha uchun barcha zarur ruxsatnomalar olingan, SpaceX kompaniyasi tomonidan talab etilgan texnik va huquqiy shartlar bajarilgan hamda vakolatli davlat idoralari bilan tegishli shartnomalar imzolangan.



Rasmiylarning ta’kidlashicha, Starlink internetining joriy etilishi, ayniqsa, tog‘li va chekka hududlarda yashovchi aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, maktablar, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy obyektlarni zamonaviy raqamli infratuzilmaga ulash imkoniyatlari kengayadi.



Starlink — SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan global sun’iy yo‘ldosh internet tizimi bo‘lib, past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i orqali internet xizmatini taqdim etadi. Mazkur texnologiya ayniqsa optik tolali yoki mobil aloqa infratuzilmasi rivojlanmagan hududlar uchun samarali yechim sifatida ko‘rilmoqda.



Tarmoq hozirda dunyoning 100 dan ortiq davlatida faoliyat yuritmoqda. Markaziy Osiyoda esa Starlink internetidan birinchi bo‘lib Qozog‘iston foydalana boshlagan, undan keyin Tojikiston ham ushbu tizimni joriy etgan edi. Qirg‘iziston esa endilikda ushbu texnologiyadan rasman foydalanayotgan navbatdagi mintaqa davlatiga aylandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.