Jahon

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston va Gruziya kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Yangi sanksiyalar paketi kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchalari va “A7” tarmog‘iga qarshi qaratilgan.

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston va Gruziya kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Buyuk Britaniya hukumati bayonotida qayd qilinishicha, “Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tish yordam berayotgan” 15 ta kompaniya va uch nafar jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

 

Yangi sanksiyalar paketi kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchalari va “A7” tarmog‘iga qarshi qaratilgan. Britaniya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ushbu tarmoq mablag‘larni Rossiya harbiy iqtisodiyotiga yo‘naltirish uchun Qirg‘iziston moliya tizimlaridan foydalanadi. O‘tgan yil davomida mazkur tarmoq orqali 90 milliard dollar o‘tgan.

 

Rasmiy London bayonotiga ko‘ra, “Yevroosiyo jamg‘arma banki” Rossiya hukumati uchun strategik jihatdan muhim bo‘lgan moliyaviy xizmatlar sektorida faoliyat yuritayotgan shaxslarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatgani sababli cheklovlar ostiga tushgan. Bankka nisbatan eng qat’iy choralar paketi joriy etilgan: aktivlarni muzlatish va direktorlarning ishlashini taqiqlashdan tashqari, Britaniya tuzilmalariga ushbu bank bilan vakillik munosabatlariga kirishish va har qanday to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlangan.

 

“Davlat brokerlik kompaniyasi” va “Emitent virtualnix aktivov” Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan Rossiya hukumatidan manfaatdor bo‘lganlikda yoki iqtisodiy jihatdan muhim faoliyat orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda. Ushbu tashkilotlar uchun aktivlarni muzlatish va trast xizmatlariga cheklovlar ko‘zda tutilgan. 

 

Bundan tashqari, “Emitent virtualnix aktivov”ga nisbatan maxsus sanksiyalar joriy etilgan. Buyuk Britaniya provayderlari, ijtimoiy tarmoqlari va ilovalar do‘konlari mamlakat hududida foydalanuvchilarning ushbu tuzilma kontenti va servislariga kirishini cheklashga majbur.

 

Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga, Rossiyaga avval joriy etilgan cheklov va taqiqlarni aylanib o‘tishda ko‘maklashayotgan Gruziyaning uchta kompaniyasi ham kiritilgan.

 

Nepalda yana suv toshqini: o‘nlab uy va ko‘priklar vayron bo‘ldi

Nepalda yana suv toshqini: o‘nlab uy va ko‘priklar vayron bo‘ldi

Qutqaruv ishlari davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar soni aniqlashtirilmoqda.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.