Jahon

Hindiston musulmonlariga Hayit namozini jamoat joylarida o‘qishni taqiqlamoqda

Uttar-Pradeshdagi masjidlarda Qurbon hayiti namozini navbat bilan o‘qish tavsiya qilinmoqda. Mahalliy musulmonlar esa politsiya nazorati, cheklovlar va ijtimoiy tarmoqlardagi bosim sabab xavotir kuchayganini aytmoqda.

Hindiston musulmonlariga Hayit namozini jamoat joylarida o‘qishni taqiqlamoqda

Hindistonning ayrim hududlarida musulmonlarning Qurbon hayiti namozlarini jamoat joylarida o‘qishiga nisbatan cheklovlar kuchaymoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Hindiston xalq partiyasi (BJP) boshqaruvidagi Uttar-Pradesh shtatida mahalliy hokimiyat va politsiya musulmonlarni ochiq maydonlarda namoz o‘qimaslikka chaqirmoqda. Masjid qo‘mitalari esa ibodat qiluvchilardan Hayit namozini navbat bilan o‘qish, masjid tashqarisida to‘planmaslik va namozdan so‘ng tezroq tarqalishni so‘ramoqda.

 

Al Jazeera’ning yozishicha, Merut tumanidagi ayrim masjidlarda Hayit oldidan maxsus yig‘ilishlar o‘tkazilib, odamlarga bahslashmaslik, video olmaslik va provokatsiyalarga javob qaytarmaslik bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

 

Mahalliy musulmonlarning aytishicha, so‘nggi yillarda jamoat joylarida namoz o‘qish bilan bog‘liq bosim kuchaygan. Ayrim hollarda ochiq maydonlarda namoz o‘qigan fuqarolarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani, uylar buzilgani, haydovchilik guvohnomalari va pasport tekshiruvlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani qayd etilgan.

 

Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanath 18-may kuni musulmonlar Hayit namozlarini “navbat bilan” o‘qishi kerakligini bildirgan.

 

U X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Agar tinch yo‘l bilan rozi bo‘lishsa yaxshi, bo‘lmasa boshqa usulni qo‘llaymiz”, deb yozgan.

 

Shuningdek, BJP bilan yaqin aloqadagi o‘ng qanot hindu tashkiloti — Vishwa Hindu Parishad (VHP) mamlakat bo‘ylab yo‘llarda namoz o‘qishni to‘liq taqiqlashni talab qilgan. Tashkilot buni musulmonlarning “kuch namoyishi” deb baholagan.

 

Musulmon jamoalari esa ko‘plab masjidlar va Hayit namozlari uchun ajratilgan maydonlar barcha ibodat qiluvchilarni sig‘dira olmasligini ta’kidlamoqda. Shu sabab ayrim joylarda namoz qisqa muddatga ko‘chalarga chiqib ketishi odatiy hol ekani aytilgan.

 

Nashr suhbatlashgan musulmonlar hayit oldidan jamoada xavotir va bosim hissi kuchayganini bildirgan. Ularning aytishicha, odamlar politsiya reydlari, internetda tarqaladigan videolar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy kampaniyalardan xavotir qilmoqda.

 

Al Jazeera qayd etishicha, shunga o‘xshash cheklovlar Dehli va boshqa BJP boshqaruvidagi hududlarda ham kuzatilmoqda. Ekspertlarga ko‘ra, musulmonlarning ommaviy diniy marosimlariga nisbatan nazorat kuchayishi Hindistonda diniy erkinlik va jamoat joylaridan foydalanish bilan bog‘liq bahslarni yanada keskinlashtirmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"