Jahon

Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

So‘nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo‘lgan shaxslar 21 kun karantinda bo‘lishi kerak.

Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

Kanada hukumati Ebola virusi tarqalishi sababli mamlakatga kirish va immigratsiya tartiblariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

 

Kanada hukumati bayonotiga ko‘ra, 27-maydan boshlab Ebola xavfi yuqori yoki juda yuqori deb baholanayotgan davlatlar fuqarolari uchun ayrim immigratsiya hujjatlari 90 kun muddatga to‘xtatiladi. 

 

Ushbu ro‘yxatga hozircha Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda va Janubiy Sudan kiritilgan.Kanada hukumati ma’lumotiga ko‘ra, avval tasdiqlangan vaqtinchalik yashash vizalari, elektron sayohat ruxsatnomalari yoki doimiy yashash vizalariga ega bo‘lgan shaxslar ham mazkur cheklovlar davrida mamlakatga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

 

Shuningdek, ushbu davlatlarda so‘nggi uch hafta davomida bo‘lgan Kanada fuqarolari, doimiy rezidentlar va boshqa xorijiy fuqarolar 21 kun davomida o‘zini o‘zi karantinda saqlashi shartligi bildirilgan. Agar sayohatchilarda izolyatsiya uchun xavfsiz joy bo‘lmasa, ularga maxsus turar joy ajratilishi qayd etilgan.

 

Kasallik alomatlari aniqlangan shaxslar esa qo‘shimcha tekshiruv uchun tibbiyot muassasalarida izolyatsiya qilinadi. Mazkur choralar 30-maydan 29-avgustga qadar amal qilishi rejalashtirilgan.Hukumat bayonotida mamlakat jamoatchiligi uchun xavf darajasi hozircha past ekani, biroq Ebola virusining xavfliligi hamda xalqaro epidemiologik vaziyat, jumladan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati hisobga olinib, ehtiyot choralar kuchaytirilayotgani ta’kidlangan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, Kanadada hozirgacha Ebola virusining import qilingan holati qayd etilmagan va ayni paytda Shimoliy Amerikada ham kasallik holatlari aniqlanmagan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"